14 sentyabr kuni 19:00 dan 22:00 gacha Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatriga eltuvchi ko‘chalarda avtotransport harakati cheklanadi, deya xabar qildi Toshkent hokimiyati matbuot xizmati.

Quyidagi ko‘chalar vaqtincha yopiladi:

  • Zarafshon — Islom Karimov shoh ko‘chasidan
  • Matbuotchilar ko‘chasigacha;
  • Buxoro — Nuroniy ko‘chasidan Buyuk Turon ko‘chasigacha;
  • Buyuk Turon — Matbuotchilar ko‘chasidan Islom Karimov shoh ko‘chasigacha;
  • Islom Karimov shoh ko‘chasi -Sharof Rashidov ko‘chasidan Taras Shevchenko ko‘chasigacha.

14 va 15 sentyabr kunlari opera teatri qarshisidagi maydonda 89-teatr mavsumi ochilishi munosabati bilan open-air formatida «Serenada, klassika va rok kechasi» simfonik musiqa konserti bo‘lib o‘tadi.