12 sentyabr kuni Kvandju shahrida (Janubiy Koreya) O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi vakolatxonasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu agentlikning xorijdagi birinchi vakolatxonasi hisoblanadi.

Marosimda Kvandju shahar hokimi Li Yong Sup, O‘zbekiston bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi hamda Koreya Respublikasidagi o‘zbekistonlik yoshlar ishtirok etdi, deya xabar qildi Mehnat vazirligi matbuot xizmati.

Sherzod Kudbiyev tadbir qatnashchilariga ushbu vakolatxona zimmasida ulkan vazifalar turganligi, bu vazifalar, birinchi navbatda, Koreya Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolari huquqlarini himoya qilish va ularni doimo qo‘llab-quvvatlashdan iboratligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Kvanju meri mazkur hududda mehnat qiluvchi o‘zbekistonliklar huquq va manfaatlarini himoya qilishda yordam ko‘rsatishga tayyor ekanini bildirdi.