Yanvar-avgustda O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 20,6 mlrd dollarni, jumladan eksport — 8,6 mlrd dollar, import — 12 mlrd dollarni tashkil etdi. Tashqi savdo saldosi minus 3,4 mlrd dollar bo‘ldi, deya xabar qildi O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi.

O‘tgan sakkiz oy davomida eksport tuzilmasi quyidagicha shakllandi:

  • paxta tolasi — 2% (168 mln dollar, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 35,4 foizga pasayish);
  • oziq-ovqat mahsulotlari — 8,6% (747,1 mln dollar, o‘sish — 47%);
  • kimyoviy mahsulotlar va ulardan tayyorlangan buyumlar — 7,2% (617,2 mln dollar, o‘sish — 9%);
  • energiya tashuvchilar va neft mahsulotlari — 20,4% (1,7 mlrd dollar, o‘sish — 66,5%);
  • qora va rangli metallari — 6,5% (556,4 mln dollar, pasayish — 2,1%);
  • mashinalar va uskunalar — 1,5% (131,1 mln dollar, pasayish — 38,6%);
  • xizmatlar — 23,1% (1,9 mlrd dollar, o‘sish — 23,0%);
  • boshqa mahsulotlari — 30,7% (2,6 mlrd dollar, pasayish — 23,5%).

Import tuzilmasi quyidagicha shakllandi:

  • oziq-ovqat mahsulotlari — 9,1% (1,09 mlrd dollar, o‘sish — 22,7%);
  • kimyoviy mahsulotlar va ulardan tayyorlangan buyumlar — 13,4% (1,6 mlrd dollar, o‘sish — 7%);
  • energiya tashuvchilar va neft mahsulotlari — 5,1% (608,5 mln dollar, o‘sish — 34,8%);
  • qora va rangli metallari — 9,4% (1,1 mlrd dollar, o‘sish — 34%);
  • mashina va uskunalari — 40,1% (4,8 mlrd dollar, o‘sish — 45,7%);
  • xizmatlar — 12,2% (1,4 mlrd dollar, o‘sish — 26,3%);
  • boshqa mahsulotlari — 10,7% (1,2 mlrd dollar, o‘sish — 29,1%).

MDH davlatlari o‘rtasida Rossiya (18,3%), Qozog‘iston (9,4%), Ukraina (1,4%), Belarus (1,2%), Qirg‘iziston (1,2%) va Tojikiston (1,2%) asosiy tashqi savdo sheriklar sifatida qolmoqda. Tashqi savdo aylanmasida MDHning ulushi 38,8 foizni tashkil etmoqda. Boshqa davlatlar qatorida Xitoy (19,1%), Turkiya (6,6%), Koreya Respublikasi (5,2%) va Germaniya (2,2%) asosiy savdo sheriklari hisoblanmoqda. Yanvar-avgust oylarida ularning tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 5,6 foizga kamayib, 61,2 foizni tashkil etdi.