Chilonzor tumani Obodonlashtirish boshqarmasi xodimi Shuhrat Fathullayev dastlabki tergov organi tomonidan e’lon qilingan ayblovga ko‘ra, 2017 yil iyun-iyul oylarida Chilonzor tumani 6-mavze 6-uy atrofidagi 2 tup chinor, 2 tup terak va 2-mavze 70 «A"-uy oldidagi 1 tup shumtol daraxtini tegishli ruxsatnomasiz, ishdan таш­қари paytda kesib yuborgan.

Oqibatda bu harakati bilan davlat manfaatlariga ko‘p miqdorda, ya’ni 124 238 362 so‘mlik zarar yetkazganlikda ayblanib, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 198-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tumani sudining sudyasi Sarvar Aripov «Gazeta.uz"ga xabar berdi.

Ammo jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudining majlisi va sud tergovi jarayonida Sh. Fathullayevga юқо­ридаgi ayblov noqonuniy ravishda эъ­лон qilingani ayon bo‘ldi. Masalan, Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bosh bosh­қармаси mutaxassisi B. Hotamov 131 423 562 so‘m zarar hisoblagan. Lekin u ushbu summani hisoblash tartibini tushuntirib bera olmadi.

Sudning 2017 yil 11 dekabrdagi ajrimiga binoan daraxtlarni kesish holatlariga baho berish va yetkazilgan haqiqiy zarar miqdorini aniqlash yuzasidan ekspertiza tayinlanib, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga yuborildi. O‘z navbatida, qo‘mitaning Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan sud ekspertizasi o‘tkazildi.

— Mazkur ekspertiza Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 20 oktyabrdagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan «O‘simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanish va o‘simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risida"gi Nizom asosida o‘tkazilib, uning xulosasi 2018 yil 2 fevralda inspeksiya boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan. Natijada Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bosh boshqarmasi mutaxassisi B. Hotamov Sh. Fathullayev tomonidan keltirilgan zararni 131 423 562 so‘m miqdorida asossiz ravishda hisoblagani ma’lum bo‘ldi, — deydi inspeksiya bosh yuriskonsultanti va ekspert Madina Mirvaqulova sud majlisidagi ko‘rsatmasida.

Darhaqiqat, ekspertiza xulosasiga muvofiq Sh. Fathullayevning tabiatga yetkazgan asosiy zarari miqdori 15 546 645 so‘mni tashkil etib, bu ҳо­латда qilmish Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 162-moddasida nazarda tutilgan javobgarlikka са­баб bo‘ladi. Ya’ni dastlabki tergov ор­gaни Sh. Fathullayevga nisbatan Jinoyat­ kodeksining 198-moddasi 2-qismi би­лан ayb e’lon qilib, noto‘g‘ri to‘xtamga kelgan.

Jinoyat protsessual kodeksining 23-moddasida «Aybdorlikka oid barcha shubhalar, basharti ularni bartaraf etish imkoniyatlari tugagan bo‘lsa, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining foydasiga hal qilinishi lozim. Qonun qo‘llanilayotganda kelib chiqadigan shubhalar ham gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining foydasiga hal qilinishi kerak», deya qayd etilgan.

Prezidentning 2017 yil 30 ноя­брдаgi «Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmonida sud va tergov organlarining haqiqatni va ishni to‘g‘ri hal қи­лиш uchun ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa holatlarni aniqlash, shuningdek, qonuniy, asoslantirilgan va adolatli қа­рор qabul qilish borasidagi масъ­u­лия­тини oshirish, qonun ustuvorligi, fuqarolarning qonun oldida tengligi, insonparvarlik, adolatlilik va aybsizlik prezumpsiyasi kabi konstitutsiyaviy prinsiplarni so‘zsiz va og‘ishmay ta’minlash, sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklariga rioya qilinishi qat’iy belgilangan.

Ana shu qonuniy asoslarga tayangan sud Shuhrat Fathullayevni Jinoyat kodeksining 198-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybsiz deb e’tirof etib, unga nisbatan oqlov hukmi chiqardi.

Qolaversa, unga reablitatsiya qilinishi munosabati bilan o‘ziga етка­зил­gaн mulkiy, ma’naviy va boshqa ziyon oqibatlarini bartaraf etish uchun Jinoyat protsessual kodeksining 304−312-moddalarida nazarda tutilgan tartibda sudga murojaat qilish huquqi tushuntirildi.

Shuningdek, Sh. Fathullayevning harakatlarida ma’muriy huquqbuzarlik alomatlari mavjudligi va uni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 162-moddasi bilan ma’muriy ҳu­қuқbuзарликка tortish masalasini кў­риб chiqish uchun ushbu jinoyat ishidan ma’muriy huquqbuzarlikka oid materiallar Chilonzor tuman ma’muriy sudiga yuborildi.