Mamlakat aholisini va iqtisodiyot tarmoqlarini raqobat va bozor mexanizmlarini joriy etish asosida don, un va non bilan ishonchli ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi «Huquqiy axborot» Telegram-kanalida xabar qildi.

Qarorga muvofiq 2018 yil 15 sentyabrdan:

bir kilogramm 1-nav bug‘doy unining ulgurji narxi 1 400 so‘m etib belgilandi;

qolipli («buxanka») nonni erkin bozor narxi bo‘yicha (hozirda narx davlat tomonidan tartibga solingan) sotiladi.

Bunda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga 2018 yil 1 oktyabrdan boshlab un va qolipli non olish bo‘yicha qo‘shimcha xarajatlarni qoplash uchun eng kam oylik ish haqining 10 foizi (18 400 so‘m) miqdorda kompensatsiya to‘lovi to‘lab beriladi.

Eslatib o‘tamiz, qolipli non narxi so‘ngi marta 2014 sentyabrda 50 so‘mga qimmatlab, 650 so‘m etib belgilangan edi.