«Toshkent — Nijniy Novgorod» avtobus yo‘nalishida 14-sentyabridan boshlab avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi matbuot xizmati xabar qildi.

Ushbu yo‘nalishda O‘zbekiston tomondan tashuvchi «UZKAZ AVTO TRANS» MCHJ shaklidagi QK, Rossiya tomonidan esa tashuvchi «Panyushkin S.Yu.» YATT xizmat ko‘rsatadi. Yo‘lovchilar bugungi kunda eng zamonaviy va bir qator qulayliklarga ega bo‘lgan Vanhool rusumli avtobuslarda o‘z manzillariga yetkaziladi.

Yo‘nalishning masofasi 3000 km, qatnovga sarflanadigan umumiy vaqt 61 soat, yo‘lkira haqi esa tashuvchilar tomonidan Toshkentdan Nijniy Novgorodgacha — 500 ming so‘m. Nijniy Novgoroddan Toshkentgacha esa — 6 ming rubl qilib belgilandi.

Yo‘nalish «G‘isht ko‘prik» (O‘zbekiston), «Jibek Joli», «Jaysan» (Qozog‘iston), «Sagarchin» (Rossiya) nazorat o‘tkazish maskanlari orqali amalga oshiriladi.