AQSHning Kolumbiya universiteti ekspert-o‘qituvchisi Benjamin Arensteyn yangi o‘quv yilidan boshlab bir yil davomida Namangan muhandislik-texnologiya institutida talabalarga ingliz tilidan dars mashg‘ulotlarni o‘tkazadi. Bu haqdaOliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy telegram kanali orqali xabar berildi.

Bundan tashqari Benjamin Arensteyn tomonidan institutning professor-o‘qituvchilar uchun mahorat darslari ham tashkil etiladi.

Mazkur institutga AQSHlik yana bir o‘qituvchi tashrif buyurib, o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashmoqda. Texas xalqaro ta’lim markazi professori Ravi Prokash Dani tegishli yo‘nalishdagi talabalarga «O‘simlikshunoslik va paxtachilik» fanidan 40 soatlik dars mashg‘ulotlarini olib bormoqda.

Professor Ravi Prokash Dani tashrifi davomida AQSH va Hindistonning nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan videokonferensiya o‘tkazish ham rejalashtirilgan.