2018 yil 13 sentyabr kuni soat 08:00 larda Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Bog‘ishamol ko‘chasi, «Salar-Yalong‘och» bekatlari oralig‘ining 4-kilometr 9-piketida «Toshkent-Hojikent» yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib kelayotgan 6429-sonli elektropoyezd qulog‘ida quloqchini bo‘lgan holda temir yo‘lni kesib o‘tayotgan L.ni (1966 y.t. ayol) urib yuborgan va u olgan tan jarohatlari natijasida hodisa joyida vafot etgan. Bu haqda Bosh rokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.