O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining markaziy apparatida rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan,

polkovnik Jumanov To‘lqinboy Sattorovich O‘zbekiston Respublikasi IIV Kadrlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari-xizmat o‘tashni tashkillashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;

майор Akmalov Farrux Shavkatovich O‘zbekiston Respublikasi IIV Kadrlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari-kasbiy tayyorgarlikni tashkillashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;

podpolkovnik Ahmedov Azamat Axtamqulovich O‘zbekiston Respublikasi IIV Kadrlar bosh boshqarmasi, Tashkiliy-shtat ishlari boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga,

polkovnik Usmonov Alisher Sharafiddinovich O‘zbekiston Respublikasi IIV Ichki ishlar organlari xodimlarini boshlang‘ich tayyorlash va malakasini oshirish markazi (Toshkent shahri) boshlig‘i lavozimiga;

podpolkovnik Sobirjonov Abror Hojinig‘monovich O‘zbekiston Respublikasi IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari-kadrlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;

podpolkovnik Sodiqova Bernora Taravayevna O‘zbekiston Respublikasi IIV «Postda"-"Na postu» gazetalari va «Qalqon"-"it» jurnallari birlashgan tahririyati bosh muharriri lavozimiga,

podpolkovnik Pardiyev Abdurahmon Azizovich O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti boshlig‘i lavozimiga;

podpolkovnik To‘rayev Sherali Mingishovich O‘zbekiston Respublikasi IIV Ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori lavozimiga.