2017 yilda dunyoda ochlikdan aziyat chekayotganlar soni 821 mln kishiga yetdi, ochlik sayyoradagi har to‘qqizinchi insonni iskanjasiga olgan. Bu haqda BMTning 11 sentyabrdagi oziq-ovqat xavfsizligi va ovqatlanish to‘g‘risidagi hisobotida so‘z boradi. 150 mlndan ziyod bolalar o‘sishdan ortda qolmoqda.

Yillik hisobotda mojarolar va iqtisodiy pasayishlar bilan bir qatorda yog‘ingarchiliklar me’yori va yog‘ingarchiliklar mavsumi, shuningdek qurg‘oqchilik va suv toshqinlariga ta’sir ko‘rsatuvchi iqlim o‘zgarishlari ochlik darajasining o‘sishida asosiy omil bo‘lmoqda.

Osiyodagi besh yoshgacha bo‘lgan har to‘qqizinchi bolalar tana vazni Osiyoda Lotin Amerikasi va Karib havzasidagi tengdoshlari bilan taqqoslaganda ortda qolmoqda.

Hisobotda tasdiqlanishicha, dunyoda reproduktiv yoshdagi har uchinchi ayol kamqonlikdan aziyat chekmoqda. Bu ayollar hamda ularning farzandlari salomatligi va rivojlanishida jiddiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Biror bir mintaqada reproduktiv yoshdagi ayollar o‘rtasidagi kamqonlik ko‘rsatkichlari pasaygani yo‘q, Afrika va Osiyoda uning tarqalganlik darajasi Shimoliy Amerikaga qaraganda qariyb uch barobarga ortiq.

Bir vaqtning o‘zida katta yoshli aholi o‘rtasida semirish muammosi chuqurlashib bormoqda, taxminan har sakkizinchi kishi semizlikdan aziyat chekmoqda. Mazkur muammo Shimoliy Amerika uchun dolzarb, biroq Afrika va Osiyoda ham mazkur tendensiya kuzatilmoqda, deyiladi hisobotda.

Kam ovqatlanish va semizlik ko‘plab mamlakatlarda, hattoki bir uyning o‘zida ham kuzatilmoqda.