O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Toshkent viloyatining Bekobod tumanida qishloq xo‘jaligi sohasidagi talon-tarojliklar aniqlangani to‘g‘risida ma’lum qildi.

Bosh prokuraturaning Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamentning Bekobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga kadar tekshiruv davomida, 2017 yilning noyabr-dekabr oylarida tumandagi Qishloq va suv xo‘jaligi, Statistika, Yer resurslari va davlat kadastri bo‘limlari rahbarlaridan iborat komissiya a’zolari 25 nafar fermer xo‘jaliklariga noqonuniy ravishda jami 237,7 mln so‘mlik moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mablag‘larini byudjetdan ajratib, ushbu mablag‘larni fermer xo‘jaliklari hisob-raqamlariga o‘tkazib, byudjet mablag‘larini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan yuqoridagi tashkilotlar mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.