Uzcard mutaxassislari tomonidan «Karta hisobidagi pul miqdorini muzlatish» xizmati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida ma’lumot berildi.

«Karta hisobidagi pul miqdorini muzlatish» xizmati O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan hamda milliy to‘lov tizimiga integratsiya qilingan barcha mobil ilova platformalari uchun qo‘shimcha imkoniyatdir.

Muzlatish so‘zi inglizcha «hold» so‘zidan olingan bo‘lib, ekvayer tomonidan bank kartasi orqali amalga oshirilgan to‘lovning bank-emitent tomonidan ushlab qolinishi degan ma’noni angalatadi.

Yangi xizmatimizdan foydalangan karta egasi mahsulot yoki xizmat turiga belgilangan to‘lovni amalga oshirishdan avval, amalga oshiriladigan to‘lov miqdorini «muzlatish» imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Misol uchun, siz biron bir mobil ilova orqali mahsulotga buyurtma berdingiz va mahsulot yetkazilganida talablarga javob berilmagan holat kuzatilganida to‘lovga ajratilgan pul miqdori oldindan muzlatilganligi sababli karta hisobiga qaytarilishi mumkin.

Agar mahsulot yoki xizmat turiga belgilangan to‘lovnibekor qilmoqchi bo‘lsangiz, pul miqdori «muzlatilgan» statusidan yechiladi va to‘liqligicha qaytib karta balansiga qaytariladi. Ungacha ushbu pul miqdori «muzlatilgan» holda turaveradi. Ushbu xizmat turi ishtirokchilari xaridor, merchant va Yagona umumrespublika protsessing markazi hisoblanadi.