«O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK kuzgi-qishki navigatsiya davrida Mumbayga (Hindiston) yangi yo‘nalish ochmoqda. Toshkent-Mumbay-Toshkent yo‘nalishida muntazam yo‘lovchi qatnovlari 2018-yil 30-oktyabrdan boshlab amalga oshiriladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Parvozlar haftasiga 3 marta, seshanba, chorshanba va juma kunlari zamonaviy Airbus A320 samolyotlarida quyidagi jadval bo‘yicha bajariladi (mahalliy vaqt):

Seshanba va juma: HY-427 Toshkent 00:05 — Mumbay 04:45

Seshanba va juma: HY -428 Mumbay 07:45 — Toshkent 11:20

Chorshanba: HY -427 Toshkent 08:40 — Mumbay 13:25

Chorshanba: HY -428 Mumbay 14:55 — Toshkent 18:30.