Toshkentning Yunusobod tumani hokimi Baxtiyor Abdusamatov, taxminlarga ko‘ra, yer uchastkasini ajratish uchun pora olayotganda ushlandi. «Gazeta.uz"ning huquqni muhofaza qilish organlaridagi axborot manbasining xabar berishicha, tuman ma’muriyati rahbari juma kuni o‘z ish xonasida qo‘lga olingan.

Baxtiyor Abdusamatov (1976 yilda tug‘ilgan, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (1996) va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (2003 yil) bitiruvchisi) 2017 yil aprelida tuman hokimi lavozimiga tayinlangan edi. Avval O‘zbekiston Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi hamda tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.