«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi joriy yilning 28 oktyabridan boshlab, Toshkent-Jidda-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam yo‘lovchi qatnovlarini amalga oshiradi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkentdan Jiddaga va qaytish qatnovlari haftsiga ikki marta, seshanba va yakshanba kunlari zamonaviy Boeing-757 havo kemasida quyidagi jadval bo‘yicha bajariladi (mahalliy vaqt):

Seshanba va yakshanba: HY-335 Toshkent 17:50 — Jidda 21:00

Seshanba va yakshanba: HY-336 Jidda 22:30 — Toshkent 05:10 + 1.

Eslatib o‘tamiz, shu paytga qadar Jidda qatnovlari «Haj» dasturi doirasida bajarilgan.