Surxondaryo viloyati hokimligida Amerika Qo‘shma Shtatlarining Headwall Power LLC kompaniyasi vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

O‘tkazilgan muloqotda viloyatning muqobil energiya manbalari sohasidagi salohiyati, quyosh energetikasini rivojlantirish, shu jumladan quyosh elektr stansiyalarini bunyod etish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdagi mavjud imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi.

Muloqot chog‘ida Headwall Power LLC kompaniyasining qayta tiklanadigan energetika sohasidagi muvaffaqiyatli loyihalari haqida to‘xtalib o‘tildi. Ushbu kompaniya tomonidan Qiziriq tumanida quvvati 300 MVtdan 1 GVtgacha bo‘lgan, umumiy qiymati 1,2 mlrd dollarlik loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi. Bunda birinchi bosqichda Bandixon massivida 490 ta xonadonga tajriba tariqasida quyosh panellari o‘rnatiladi.