Tim Torlot Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi, u 2019 yil yozida ishga kirishadi, deya xabar qildi britan TIV.

Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi diplomatik missiyasiga 2015 yil kuzidan buyon rahbarlik qilib kelayotgan hozirgi elchi Kristofer Allan boshqa lavozimga o‘tadi.

61 yoshli Tim Torlot 1981 yildan buyon diplomatik xizmatda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda, Buyuk Britaniyaning Ummon, Yangi Zelandiya, Chili, Iroq (elchi o‘rinbosari) va Yaman (elchi) elchixonalarida, shuningdek TIV tuzilmasida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan.

2016 yildan Forin-ofisning Arabiston yarim oroli va Eron bo‘limida ishlab kelmoqda.