O‘zbekiston va Tojikiston aholisiga qulaylik yaratish maqsadida «Termiz — Dushanbe», «Denov — Dushanbe», «Samarqand — Panjikent» yo‘nalishida xalqaro avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi.Bu haqda O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

«Termiz- Dushanbe» xalqaro avtobus yo‘nalishining masofasi 251 km. bo‘lib qatnovga sarflanadigan umumiy vaqt 5 soatu 39 daqiqani tashkil etadi. Yo‘lkira haqi tashuvchilar tomonidan Termizdan Dushanbegacha 70 ming so‘m. Dushanbedan Termizgacha esa 70 somoniy qilib belgilandi.

Yo‘nalish masofasi 107 km. bo‘lgan «Denov — Dushanbe» xalqaro avtobus yo‘nalishida yo‘lovchilar 2 soat 25 daqiqada o‘z manziliga yetkaziladi. Yo‘lkira haqi tashuvchilar tomonidan Denovdan Dushanbegacha 40 ming so‘m. Dushanbedan Denovnacha esa 40 somoniy etib belgilandi.

«Samarqand — Panjikent» xalqaro avtobus yo‘nalishining masofasi 64 km. Qatnovga sarflanadigan umumiy vaqt 1 soatu 25 daqiqa bo‘lib, yo‘lkira haqi tashuvchilar tomonidan Samarqanddan Pendjikentgacha 20 ming so‘m. Panjikentdan Samarqandgacha esa 20 somoniy qilib belgilandi.