Namangan tumanida yashovchi shaxs «Sho‘rqo‘rg‘on» qabristonidagi 86 ta qabrtoshni vayron qilgani uchun to‘rt yilga ozodlikdan mahrum etildi, deyiladi Sevimli TV telekanalining Zamon dasturida.


Bu ishga qo‘l urgan Abdulboriy Erashev jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan tuman sudi majlisida nima uchun bu ishni qilganini tushuntirib bera olmadi va sodir bo‘lgan voqea uchun uzr so‘radi.

Sud Abdulboriy Erashev O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 134-moddasida (qabri yoki murdani tahqirlash) ko‘zda tutilgan jinoyatni qilgan deb topdi va uni to‘rt yilga ozodlikdan mahrum etdi.