O‘zbekistonlik talabalarning birinchi guruhi Rossiyaning «MMFI» Milliy yadro tadqiqoti universiteti (MMFI MYTU) asosida bakalavriat va magistrlik dasturlari bo‘yicha «Yadro fizikasi va texnologiyasi» mutaxassisligiga o‘qishni boshladi, deya xabar qildi «Rosatom» korporatsiyasi matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga.

Nomzodlar tanlovi ikki bosqichda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi vakillari tomonidan mart oyida tashkil etildi. Ta’lim olish uchun arizalar respublikaning barcha viloyatlaridan 326 nafar da’vogarlardan kelib tushdi. Birinchi bosqichda bakalavriat dasturi bo‘yicha oqishga da’vogarlar fizika, matematika va rus tilidan yozma imtihon topshirdi, magistraturaga kiruvchilar esa mamlakatning to‘rt shaharida — Andijon, Nukus, Samarqand va Toshkent shaharlarida og‘zaki imtihon topshirdi.

Yakuniy tanlovda ishtirok etish uchun birinchi tur natijalariga ko‘ra O‘zbekiston Fanlar akademiyasi komissiyasi 81 nafar da’vogarlarni tanladi. Toshkentdagi O‘zbekiston Milliy Universiteti qoshida o‘tkazilgan tanlovning yakuniy bosqichida MMFI o‘qituvchilari 15 nafar g‘olibni aniqladilar, ulardan 12 tasi bakalavriatda , 3 tasi esa magistraturada o‘qish uchun tavsiya etildi.

Bir necha kun muqaddam O‘zbekiston va Rossiya hukumatlararo komissiya yig‘ilishi jarayonida atom elektr stansiyasi qurilishi to‘g‘risidagi bitim imzolangan edi. Bosh vazir Abdulla Aripov Rossiya hukumati o‘zbek mutaxassislarining Rossiya OTMlarida ta’lim olishlari uchun grantlar ajratganini esga olib, «MMFI» Milliy yadro tadqiqoti universiteti filialini ochish to‘g‘risidagi qaror uchun minnatdorchilik bildirdi. Uning faoliyati 2019/2020 o‘quv yilidan boshlanadi.