Qirg‘iziston Respublikasining Cho‘lpon-Ota shahrida bo‘lib o‘tgan Butunjahon ko‘chmanchi xalqlar o‘yinlarida ilk bora rasman ishtirok etgan O‘zbekiston sport delegatsiyasi yakuniy natijalarga ko‘ra jami 33 ta medalni (7 ta oltin, 8 ta kumush, 18 ta bronza) qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida beshinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston delegatsiyasi 13 ta sport turi bo‘yicha 58 nafar sportchi bilan ishtirok etib, kurash, sambo, gyulesh (Azarbayjon kurashi), ashirtmali aba gyuleshi (Turkiya kurashi), alish kurashi (Qirg‘iziston kurashi), qirg‘iz kurashi, armrestling, mas-restling, lochin ovi, uloq ko‘pkari, otda yengish turlari bo‘yicha medallarni qo‘lga kiritdi.