Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko 12 sentyabr kuni rasmiy tashrif bilan Toshkentga keladi, deya xabar qildi O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati.

Asosiy muzokaralar 13 sentyabr kuni Ko‘ksaroyda bo‘lib o‘tadi, ikki tomonlama hujjatlar imzolanadi.

Davlat rahbarlarining poytaxtimizdagi sanoat korxonalari, Belarusda ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasiga tashrif buyurishi ham rejalashtirilgan.