9 sentabr kuni soat 21.35 da Toshkent Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tezkor navbatchisiga Mirzo Ulug‘bek tumani Buyuk ipak yo‘li ko‘chasida Nexia rusumli avtoulov haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi daraxtga urilgani to‘g‘risidagi xabar kelib tushdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar qildi.

Ushbu xabarga asosan boshqarma Qutqaruv otryadining qutqaruvchilari voqea joyiga yetib borib, avtomobil salonida qisilib qolgan fuqaro yo‘lovchi R.M. ni maxsus gidravlik uskuna yordamida chiqarib olib, tibbiyot xodimlariga topshirdi.