10 sentyabrdan 30 sentyabrga qadar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida 9 xonali telefon raqamli tizimga o‘tish amalga oshiriladi, deya eslatib o‘tdi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi.

1 oktyabrdan boshlab, Toshkent va Toshkent viloyati abonentlari uchun faqatgina 9 xonali telefon raqamlari amal qiladi.

O‘zbekistonning boshqa viloyatlarida 9 xonali telefon raqamli tizimga o‘tish alohida jadval bo‘yicha amalga oshiriladi va bu haqda qo‘shimcha tarzda ma’lum qilinadi.

Tezkor chaqiruv xizmatlari va qisqa 4 xonali raqamlarga qo‘ng‘iroq qilish tartibi o‘zgarmaydi. Xalqaro formatda qo‘ng‘iroq qilish tartibi o‘zgarmaydi (+998-xxxxxxxxx).

Raqamlar noto‘g‘ri terilganda, bu haqda ogohlantiruvchi ovozli xabar tizimi yo‘lga qo‘yiladi (Hurmatli abonent, 9 xonali telefon raqamli tizimga o‘tish munosabati bilan, abonent raqamini operator kodi bilan turishingizni so‘raymiz). Bundan tashqari qisqa 1192 raqami orqali tunu kun abonentlarni texnik qo‘llab-quvvatlash xizmati faoliyat ko‘rsatadi.

Telefon raqami qaysi operatorga yoki viloyatga tegishli ekanligini www.rtmc.uz saytiga kirib, «Interaktiv xizmatlar» bo‘limidan, shuningdek, @uztbmbot telegram-boti yordamida aniqlash mumkin.