Shu yilning 11 sentyabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi poytaxtimizdagi «Milliy» stadionda Eron terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.

Mazkur o‘yinga chiqarilgan chiptalar sotuvi 8 sentyabr kuni boshlandi. Futbol muxlislari «Milliy» stadion kassalaridan chiptalarni xarid qilishlari mumkin. Chiptalar narxi 20 000, 25 000 va 50 000 (CIP) so‘mni tashkil qiladi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston — Eron milliy terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi soat 20:00da boshlanadi.