Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduxakimov «Uzbekistan today» muxbiri bilan suhbatda xalq ta’limi tizimidagi islohotlar haqida fikr bildirdi.

«Yana bir yangilik maktablarning reytingini yaratish bo‘ladi. 2019 yil 1 yanvaridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi muntazam ravishda tuman va shahar miqyosida umumta’lim muassasalari faoliyati samaradorligi darajasini (keyingi o‘rinlarda — reyting) tashkil etadi Reyting natijalari ommaviy axborot vositalarida va nazorat veb-saytida joylashtiriladi. Reyting maktablarni ta’lim sifati ustidan ishlashga rag‘batlantiradi.

Maktab ta’limini rivojlantirishda eng yaxshi jahon tajribasiga tenglashamiz. Bu xalqaro dasturlarda ishtirok etish va o‘quvchilarning bilimlari darajasini (PISA, TIMSS, PIRLS va boshqalar) baholashga yordam beradi.

Shu bilan birga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyat va Toshkent shahar hokimi xalq ta’limi muassasalariga o‘zlarining infratuzilmasini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish bo‘yicha har tomonlama yordam berish uchun shaxsan javobgar bo‘ladi. Barcha maktab sinflari yorug‘, issiq va qulay bo‘lishi kerak".