Gazeta.uz va Zira.uz pazandachilik sahifasi hamkorlikda bolalarga maktabga berib yuborish mumkin bo‘lgan yeguliklar retseptlarini taqdim etadi.

Quymoqli sendvich


Bolalar maktabda darslarda chalg‘imasliklari uchun ular sog‘lom, foydali va albatta mazali yeguliklardan iste’mol qilishlari kerak. Tuxum, pishloq va shivitdan tayyorlaniladigan quymoqli sendvich juda ham oson tayyorlaniladi. Bolalar lanchboksiga shuningdek yangi meva va sabzavotlardan, pechenelardan ham solsangiz, kun bo‘yi qorinlari to‘q yurishini ta’minlagan bo‘lasiz.

Yong‘oqli maffinlar


Yong‘oqli маффинларга quritilgan meva va yong‘oq solib pishiriladi. Buning uchun esa yarim soat vaqt sarflaysiz. Bunday maffinlarni pishirganingizdan so‘ng avval sovutib, undan so‘nggina bolalar lanchboksiga joylang. Bunday mazali yegulikni esa hech qaysi bola rad qilmasligi aniq.

Quymoqli rollar


Quymoq — lanchboks uchun ajoyim taomdir. Ularni sendvichlar bilan, yoki ichiga har xil mahsulotlardan solib, ruletga o‘xshab o‘rab, so‘ng xohlagan kattalikda kesib olamiz. Quymoqli rollar bu retsept asosida juda yumshoq va mazali bo‘lib pishadi. Ularni kesganingizdan so‘ng cho‘pchalar yoki tishkovlagich bilan biriktirib qo‘ysangiz, yeyish juda qulaydir.

Tvorogli rogaliklar


Barcha bolalar ham tvorogni yaxshi ko‘rib iste’mol qilishmaydi. Ammo tvorogni pishirganimizdan so‘ng ham barcha foydali xususiyatlarini saqlab qoladi. Shu sabab ham, tvorogdan har xil yeguliklar tayyorlash mumkin. Masalan, tvorogli rogaliklar. Bunday ishtahaochar rogaliklarning ta’mi bolalarga juda yoqadi.

Dudlangan mol go‘shti va pishloqli maffinlar

Maffinlar har doim ham shirin ta’mda bo‘lavermaydi. Masalan, dudlangan mol go‘shti va pishloqli maffinlar shular jumlasidandir. Bolalarning lanchbokslariga solish uchun bunday maffinlar juda qulaydir. Ularni kechqurun pishirib qo‘ying va ertalab bolajonlaringizga berib yuboring.


Bundanda ko‘proq mazali retseptlar Zira.uz sahifasida.

Facebook: fb.com/zirauz

Instagram: @zirauz

O‘zbek tilidagi Telegram kanal: t.me/zirauzuz

Rus tilidagi Telegram kanal: t.me/zirauz

Telegramdagi guruh: t.me/zirauz_chat

Tahririyat raqami: (+99899) 837−15−15