Gazeta.uz pazandachilik sahifasi Zira.uz bilan hamkorlikda oxirgi bir nechta oy ichida sotuvga chiqqan yangi oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasini taqdim etadi.

Mieszko shokoladli konfetlari

Mieszko deb nomlanuvchi shokoladli konfetlariПольшада ishlab chiqarilgan bo‘lib, bizning bozorlarda ham ularning bir necha xilini uchratish mumkin. Shokoladlar har xil ta’mda bo‘lib, supermarketlarda shokoladli, vanilli, qahvali, qulupnay va karamelli ta’mdagilarini uchratishingiz mumkin.

«Frau Marta» konservalangan makkajo‘xori va yashil no‘xatlari

Rossiyada ishlab chiqarilgan «Frau Marta» консерvaлариyaqindagina bizning savdo shoxobchalarida paydo bo‘ldi. Konservalangan yashil no‘xat va jo‘xorilar qadog‘i ham chiroyli, ta’mi esa a’lo darajada bo‘lib, tarkibi va ta’mi yaxlit uyg‘unlikni tashkil etgan. Bu mahsulotlar salatlar va gazaklar tayyorlashga juda qo‘l keladi.

Laktozasiz «Latter» pishlog‘i

Ukrainaning «Milkyland» firmasi yaqinda yangi, laktozasiz pishloqlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi va bu mahsulot bizning bozorga ham kirib keldi. «Latter» qattiq pishlog‘i qaymoqli ta’mda bo‘lib, biroz tuzlangan, iste’mol qilgandan keyin yoqimli ta’m qoldiradi. Pishloqda sun’iy yoki begona ta’mni sezmaysiz. «Latter» pishlog‘i oson kesiladi va bo‘linib ketmaydi.

«Qirol Artur» pishlog‘i

Ukrainaning «Milkyland» firmasidan yana bir yangi mahsulot bu — 180 grammlarda qadoqlanib, savdoga chiqarilgan «Qirol Artur» pishlog‘i bo‘ldi. Bunday пишлоқbuтербродлар tayyorlashda, salatlar va gazaklarga ishlatishda ham yaxshi. Agarda sizga ham eritilgan sariyog‘ ta’mli pishloqlar yoqsa, unda «Qirol Artur» pishlog‘i albatta sizga manzur bo‘ladi.

Drinktec vitaminli ichimliklari

Drinktec vitaminli ichimliklari o‘zining yorqin qadoqlari bilan diqqatimizni o‘ziga tortdi. Biz ularning ikki xilini uchratdik: «S Vitamin+» va «B+ Vitamin». Ulardan ta’tib ko‘rish uchun xarid qildik. Gazlangan va alkogolsiz bo‘lgan buичимликларнинг tarkibida haqiqatdan ham vitaminlar mavjud ekan. Ularni biroz sovutib so‘ng iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Nutlet yeryong‘oqli pastasi

«Imkon Plus» savdo belgisi yaqindagina bizni yangi mahsuloti bilan mamnun etdi. U o‘zining «Nutlet» yeryong‘oqli pastasini sotuvga chiqardi. Yeryong‘oqli pasta Nutletyoqimli ta’mda bo‘lib, nonga surtib yeyishga yaxshi, surtilishi ham qulay bo‘lib, qiyinchilik tug‘dirmaydi.

Terra di Sole motsarello pishlog‘i

Supermarketlardagi navbatdagi yangi mahsulot bu o‘zimizda ishlab chiqarilgan motsarello pishlog‘i bo‘ldi. Uning ikki xil ko‘rinishi mavjud bo‘lib, ikkalasidan ham xarid qildik. Ularni ta’tib ko‘rdik, salatlarga soldik, va shunga amin bo‘ldikki, o‘zimizda ishlab chiqarilgan motsarellolar ham chet elnikidan qolishmaydi.

Bundanda ko‘proq retseptlar Zira.uz internet sahifasida.

Facebook: fb.com/zirauz

Instagram: @zirauz

O‘zbek tilidagi Telegram kanal: t.me/zirauzuz

Rus tilidagi Telegram kanal t.me/zirauz

Telegramdagi guruh: t.me/zirauz_chat

Tahririyat telefon raqami: (+99899) 837−15−15