6 sentyabr kuni 20:30 da Lipetsk viloyati Dobrovsk tumani Bogoroditsk qishlog‘idan o‘tgan R-126 Lipeks-Chapligin trassasida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida besh nafar O‘zbekiston fuqarosi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda O‘zbekiston FFV matbuot xizmati Rossiya FFVga tayanib xabar qildi.

YHQ buzilishi natijasida Toyota RAV4 va «VAZ-2106» rusumli avtomobillar to‘qnashib ketgan. Hodisa joyida besh o‘zbekistonlik vafot etdi, bir nafar Rossiya fuqarosi turli jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizildi.

Halok bo‘lganlar ro‘yxati:

  • Axmedov Mavlonbek Raxinbayevich (1986 y. t.);
  • Sapayev Mirzabek Ibadullayevich (1990);
  • Samandarov Nariman Alimovich (1984);
  • Adambayev Javlonbek G‘ulomovich (1983);
  • Allaberdiyev Azizbek Qosimovich (1983).

Halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari jasadlari «Dobrovsk RB» shifoxonasiga yetkazilgan. Halok bo‘lganlarning yaqinlari va qarindoshlari FFVning (99871)1471050 tezkor aloqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin.