Samarqand shahridagi «Afrosiyob — palas» mehmonxonasi DUKni rekonstruksiya qilish uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdani «Huquqi axborot» kanali orqali xabar berildi.

Rekonstruksiya bo‘yicha loyihani investitsiyalarni jalb qilgan holda «EXIM Investments Pte Ltd» xorijiy kompaniyasi (Singapur) amalga oshiradi.

Zamonaviy mehmonxona majmuasini tashkil etish maqsadida 2 yil ichida 12 mln dollar miqdorida investitsiyalar jalb qilinishini hamda natijada 100 ga yaqin fuqarolar uchun ish joylari yaratilishi belgilangan.