6 sentyabr kuni Toshkentdagi tom yopish mahsulotlari ishlab chiqaruvchi sexda yong‘in yuzaga keldi, deya xabar beradi IIBB matbuot xizmati.

Toshkent shahar IIBB YOHBga soat 16:14 da Uchtepa tumanidagi avtomobil halqa yo‘li yoqasidagi «Maxsustrans» hududida joylashgan «Boriy» korxonasiga qarashli sexda yong‘in bo‘layotgani haqida xabar berilgan.

Soat 16:18 da voqea sodir bo‘lgan joyga to‘rtta jangovor qism yetib borgan. Xodimlarning tezkor harakatlari natijasida soat 16:36 da yong‘in to‘laligicha bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida «Gazel» markali avtomobil, ishlab chiqarilgan mahsulotning bir qismi va sex binosi yonib ketgan. Bir kishi yengil darajada kuyishni boshdan o‘tkazgan. Qurbonlar yo‘q. Yong‘in sababi va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.