Joriy yil avgust oyi davomida respublikaning 34 ta tuman va shahar davlat soliq inspeksiyalariga yangi rahbarlar qo‘yildi.Bu haqda Davlat soliq inspeksiya matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga ma’lum qildi.

Jumladan, Toshkent shahrida 6 ta, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida 4 tadan, Namangan, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida 3 tadan davlat soliq inspeksiyalariga boshliqlar tayinlandi.

Matbuot xizmati xabarida aytilishicha, davlat soliq xizmati organlarida kadrlarini yangilash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilib, sohaga zamonaviy fikrlaydigan, soliq to‘lovchilarning o‘z majburiyatlarini bajarishlarida va huquqlaridan foydalanishlarida ishonchli hamkori va yordamchisi bo‘ladigan, davlat byudjetini himoya qilib, soliqqa tortiladigan bazani kengaytiradigan rahbar xodimlar jamlanmoqda.