Davlat soliq qo‘mitasining buyrug‘iga asosan Toshkent shahrining Shayxontohur va Sergeli tumanlari davlat soliq inspeksiyalariga boshliq tayinlandi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga ma’lum qildi.

Abdunabiyev Faxriddin Umarovich Shayxontohur tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

F.Abdunabiyev 1972 yilda Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 1994 yili Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1994 yildan Chilonzor tumani davlat soliq inspeksiyasida boshlagan. F.Abdunabiyev Chilonzor, Mirobod va Sergeli tumanlari davlat soliq inspeksiyalarida turli mas’ul va rahbarlik lavozimlarida ishlagan.

Shu kunga qadar Toshkent shahar Sergeli tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Mirpo‘latov Jahongir Muzaffarovich Sergeli tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

J.Mirpo‘latov 1985 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2003 yili Toshkent moliya va iqtisodiyot kollejini, 2011 yili Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

J.Mirpulatov mehnat faoliyatini 2003 yilda Chilonzor tumani davlat soliq inspeksiyasida boshlab, mas’ul va rahbarlik lavozimlarida ishlagan.

Shu kunga qadar Toshkent shahar Shayxontohur tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.