Joriy yilning 5 sentyabr kuni Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov o‘zi bitirgan 22-sonli umumta’lim maktabida yangi o‘quv yili boshlanishi bilan o‘tkazilgan tadbirda ishtirok etdi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbir davomida vazir Sh. Shermatov va ushbu maktabning yana bir bitiruvchisi — Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari K.Aripov bilan maktabning holati bilan tanishdi.

Shuningdek, bitiruvchilar — 9−11-sinf o‘quvchilari bilan suhbat o‘tkazishdi hamda ularni hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun maktabdagi vaqtlarini unumli o‘tkazishga va yaxshi o‘qishga undadilar.