O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shahrisabz shahrida bo‘ladigan Xalqaro maqom san’ati anjumanining ochilish marosimida ishtirok etish uchun 6 sentyabr kuni Qashqadaryo viloyatiga jo‘nab ketdi. Bu haqa prezident matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 17 noyabrdagi «O‘zbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori bilan Shahrisabz shahrida har ikki yilda bir marta Xalqaro maqom san’ati anjumani o‘tkazilishi belgilangan.

Xalqaro maqom san’ati anjumanini birinchi marta 2018 yilning 6−10 sentyabr kunlarida o‘tkazish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi hamda Qashqadaryo viloyati hokimligining takliflari ma’qullangan.