Bog‘ot tumanidagi Qulonqorabog‘ qishlog‘ida yashovchi 57 yoshli Hakimboy Madaminov o‘ziga qarashli boqqa ko‘knori o‘simligi urug‘ini ekdi. Shu yilning 28 may kuni H. Madaminovning xonadoniga tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlari va xolis guvohlar kirib kelishdi. Uy egasi bog‘ to‘ridagi xilvat paykal va undagi “ajib manzara"ni huquqni muhofaza qiluvchi idora xodimlari nazaridan yashirishning ilojini topolmadi. Bu haqda jinoyat ishlari bo‘yicha Xorazm viloyati sudining raisi Bobir Umarov “Gazeta.uz"ga ma’lum qildi.

Ichki ishlar idorasi xodimlari томор­қаni xolislar guvohligida ko‘zdan kechirayotib, piyoz yetishtirilayotgan paykalda ko‘knori ekini ham o‘sayotganini кў­ришди. Piyozlar orasida yetilgan “hosil” tezda yig‘ib olindi.

Sahni 90,52 kvadrat metrdan iborat maydonda 3 ming 312 tub giyohvandlik vositasi — ko‘knori o‘simligi borligi aniqlandi.

Tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlari ushbu tadbirni “Qoradori — 2018” doirasida ўт­ка­зишди. Bu jarayonda xonadon sohibining giyohfurushlikka daxldor бош­қа qilmishlari ham oshkor bo‘ldi. Uy va uning xonalari hamda hovlini ko‘zdan kechirish asnosida o‘rib olingan “hosil"dan tashqari ko‘knorining 480.88 gramm og‘irlikdagi quritilgan va 11.8 gramm og‘irlikdagi hali qurib bitmagan ho‘l поя­си ham topildi. Uy egasi o‘z aybini xaspo‘shlash maqsadida qandli dibet kasaliga chalingani, “og‘u"ning “masallig‘i” sanalgan ko‘knorini esa, shifo vositasi deb bilishi va uni shu maqsadda ekib, o‘stirgani haqida vaj-korsonlar to‘qidi.

Tergov organi H. Madaminovni bu qilmishi uchun Jinoyat kodeksining 25,273-moddasi 5-qismi va 270-moddasi 1-qismi bilan bir qatorda so‘nggi moddaning 2-qismi bilan ham aybdor deb topdi. Biroq H. Madaminovga nisbatan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 2-qismi noto‘g‘ri qo‘llanilgan. Nega deganda, Jinoyat kodeksining ushbu bandi Oliy sud Plenumining 2017 yil 28 aprelda qabul qilgan “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid jinoyat ishlari bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida"gi qarori talablariga ko‘ra, muqaddam biron-bir nojo‘ya qilmishga qo‘l urgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi. Ayblanuvchi H. Madaminov esa, muqaddam qaltis harakatga qo‘l urmagan va javobgarlikka tortilmagan. Bu xato sudda bartaraf etildi. Sudlanuvchi ushbu aybdan xalos qilindi.

Albatta, giyohvandlik va giyohfurushlik o‘ta xavfli illat sanaladi. Bu holatni nazarda tutadigan бўл­сак, o‘zgalarning hayoti va sog‘lig‘ini izdan chiqarish evaziga mo‘may boylik, tekin daromad olishni кo‘z­лаgaнларni kechirishga munosib shaxslar sifatida e’tirof etolmaymiz. Biroq qonunning karami keng. U bamisoli mehr-оқи­бат, insof-diyonat timsoli, insoniy daryodillik, bag‘rikenglik, kechirimlilik, adolat, odillik va holislikning yorqin namunasi. Sud og‘ir qilmishga qo‘l urgan giyohfurushni Jinoyat kodeksining 25,275-moddasi 5-qismi va 270-moddaning 1-qismi bo‘yicha aybdor deb topgan bo‘lsa-da, unga nisbatan mazkur kodeksning belgilanganidan ham ko‘ra kamroq jazo tayinlashni nazarda tutuvchi 57-moddasini qo‘llash mumkin, degan xulosaga keldi. Uning aybiga iqrorligi, qilmishiga pushaymonligi, kasalligi, oilaviy ahvoli, serfarzand xonadonning sohibi ekani, muqaddam sudlanmagani kodeksning ushbu moddasini qo‘l­лашga asos bo‘ldi.

Xorazmda jinoyat ishlari бў­йича viloyat hamda shahar va tuman sudlari joriy yilning dastlabki yarim yili mobaynida giёҳ­vaнд­лик moddalari bilan bog‘liq 88 ta jinoyat ishini кў­риб chiqdi. Aniqroq aytganda, fakt va dalillar viloyat sudlarida Jinoyat kodeksining giyohvandlik, giyohfurushlik va psixotrop moddalar muomalasiga taalluqli 270−271, 273−276-moddalari bo‘yicha jinoyat ishlarini ko‘rish hajmlari 2017 yildan e’tiboran ortayotganini ko‘rsatmoqda. Chunonchi, sudlar tomonidan 2016 yili yuqorida zikr etilgan holatlar bo‘yicha 121 ta jinoyat ishi ko‘rilib, tegishli hukm chiqarilgan бўл­са, 2017 yil yakuniga kelib, bu boradagi jinoiy qilmishlar soni 165 taga yetgan. Joriy yilning birinchi yarmida 88 taga yetdi. 2017 yilning shu davrida esa viloyat sudlari mazkur masala doirasida 46 ta jinoyat­ ishini ko‘rib, tugallagan edi.