Xorazm viloyatining Xazorasp tumanida 2018 yilning 4 sentyabr kuni Farg‘ona viloyatida yashovchi O.A. boshqaruvidagi «Lasetti» rusumli avtomashinani Sarimoy qishlog‘i hududidan o‘tuvchi yo‘lining 510-km.da haydab ketayotib boshqaruvni eplay olmay yo‘l chetiga ag‘darilib ketgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Sodir bo‘lgan hodisa natijasida haydovchining turmush o‘rtog‘i N.A. ismli ayol jarohat olib, kasalxonaga yotqizilgan. Ammo ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.