1 sentyabr kuni 20:00 da Bekobodda (Toshkent viloyati) T. Bozorov (2002 y. t.) janjal natijasida I.Shokirjonovga (2001 1. T.) pichoq bilan tan jarohatini yetkazdi.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmatining «Gazeta.uz"ga xabar qilishicha, hodisa «Dildora» tantanalar uyi yaqinida bo‘lib o‘tgan. Shokirjonovning ko‘krak qafasining chapki past qismiga yig‘ma pichoq bilan zarba bergan Bozorov hodisa joyidan qochib ketadi.

Bekobod IIB Tergov boshqarmasi Bozorovga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan og‘ir tan jarohatini yetkazish) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi, tergov jarayonlari olib borilmoqda.