O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 sentyabrdagi qarori bilan Azizov Ulug‘bek O‘ktamovich Toshkent moliya instituti rektori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining telegramdagi kanali orqali xabar berildi.

Shu kunga qadar Toshkent moliya instituti rektori lavozimida Begalov Bahodir Abdusalomovich ishlab kelayotgan edi (institut saytidagi ma’lumotlar hali yangilangani yo‘q).

Toshkent moliya instituti 1991 yilda O‘zbekiston Respublikasi prezidentining farmoniga ko‘ra Toshkent xalq xo‘jaligi institutining moliya-kredit va hisob-iqtisod fakultetlari negizida tashkil etilgan.