Toshkent hokimi v. b. Jahongir Ortiqxo‘jayev poytaxtning Shayxontohur tumanidagi 169-maktab o‘quvchilarini tabrikladi. U mazkur maktabni 1991 yilda tamomlagan.

Shahar hokimiyati matbuot xizmatining xabar qilishicha, tantanali yig‘ilishda hokim o‘quvchilarni hayotining muhim bosqichiga yo‘l olgani bilan tabrikladi. Birinchi sinfga qadam qo‘ygan 246 nafar bolaning har biriga Samsung Galaxy Tab A planshetidan sovg‘a qildi.

O‘zbekistonda yangi o‘quv yili 5 sentyabrda boshlandi. Mamlakatdagi barcha maktablarda birinchi soatda mustaqillik darslari o‘tildi.