Toshkent IIBB go‘dagini tizzasiga olgan holda avtomobil boshqargan ayolga nisbatan chora ko‘radi, deya xabar qildi boshqarma matbuot xizmati. Bolasini tizzasiga olib mashina haydayotgan ayol tasvirlangan video dam olish kunlari ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan edi. Muallif tanbehiga qo‘pol tarzda javob qilgan ayol harakatni davom ettiradi.

«Hozir Toshkent IIBB YHXB ayolning shaxsini aniqlash bilan mashg‘ul», — deyiladi xabarda.

Yo‘l harakati qoidalarida maxsus bolalar tutib turuvchi uskunasi bo‘lmaganda 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarni yengil avtomobilning oldingi o‘rindig‘ida olib yurish taqiqlanadi. Bundan tashqari, haydovchi xavfsizlik kamarini taqishga majbur.