«Toshshahartransxizmat» aksiyadorlik jamiyati Janubiy Koreyaning «Korea Smart-cart» Co.ltd kompaniyasi bilan hamkorlik qilish maqsadida muzokaralar olib bormoqda, deya xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Mazkur hamkorlik natijasida poytaxt transport tizimini tubdan takomillashtirish, ayniqsa, elektron to‘lov tizimini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Xususan, muntazam foydalanish mumkin bo‘lgan yagona to‘lov kartalarini joriy etish, jamoat transportlarida zamonaviy va yangi xizmat turlarini yo‘lga qo‘yish, bunda xorijlik hamkorlar bilan o‘zaro tajriba almashish, zamonaviy texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish belgilangan.