Poytaxtdagi 148-avtousb marshruti (Jomiy maydoni — «Tuzel-3» mavzesi) 1 senyatbrdan Toshkent viloyati Qibray tumani «Bahor» mahalla fuqarolar yig‘iniga qadar uzaytirildi.

«Toshshahartransxizmat» kompaniyasining «Gazeta.uz"ga xabar qilishicha, ushbu qaror mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi iltimosiga ko‘ra qabul qilindi.

Marshrutda jadvallar soni ham oshirildi — yettita Isuzu avtobusi sakkizta bo‘ldi, ularning to‘rttasi yangi avtobuslar.

1 sentyabr kuni 106-marshrut («Toshkent» xalqaro a’roporti — «Tuzel») ham to‘rtta yangi Isuzu avtobusiga ega bo‘ldi.