Toshkent-Qarshi-Toshkent yo‘nalishidagi №760/759- «Afrosiyob» zamonaviy elektropezdining qatnoviga o‘gartirish kiritildi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, 2018 yil 7 sentyabrdan boshlab mazkur zamonaviyelektropezdning Shahrisabz shahrigacha muntazam qatnovi yo‘lga qo‘yiladi va Toshkent-Shahrisabz-Toshkent yo‘nalishida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish boshlanadi.

№760-«Afrosiyob» zamonaviy elektropezdi Toshkentdan Qarshigacha bugungi kundagi harakat jadvali bo‘yicha qatnovini amalga oshiradi, Qarshidan Shahrisabzga esa soat 11.30 jo‘naydi.

№759- «Afrosiyob» zamonaviy elektropezdi Shahrisabzdan Qarshiga esa soat 15.43 harakatini boshlaydi. Qarshidan Toshkentga bugungi kundagi harakat jadvali bo‘yicha qatnovini amalga oshiradi.

Harakat jadvali haqidagi qo‘shimcha ma’lumotlarni rasmiy railway.uz saytidan va joylardagi temir yo‘l kassalari hamda xududiy temir yo‘l ma’lumotxonalaridan bilib olishingiz mumkin.