4 sentyabr kuni Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy maratabali mehmonni prezident Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.

O‘zbekiston va Misr Prezidentlarining asosiy muzokaralari ertaga Ko‘ksaroyda bo‘lib o‘tadi. Unda siyosiy, savdo-iqtisodiy, turizm, fan, ta’lim, madaniyat va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi. Muzokaralar yakuni bo‘yicha davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonoti va qator hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.