Termiz-Toshkent trassasi (M39) orqali O‘zbekiston poytaxtiga kiraverishdagi «Toshkent» yozuvi va stela (ustun) restavratsiya qilinib, shaharning diqqatga sazovor joylari siluetlari ko‘rinishidagi yorug‘lik taratib turuvchi konstruksiya o‘rnatiladi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar qildi.

1960- yillar oxirida o‘rnatilgan betonli yozuvlar va mozaika bilan bezatilgan stela allaqachon restavratsiyaga muhtoj edi. Tutash hududlar ham ta’mirtalab, deya qayd etdi boshqarma.

IIBB va Toshkent hokimiyati tashabbusi bilan loyiha ishlab chiqildi. «Toshkent» yozuvi yoritilishi hisobiga tungi vaqtlarda ham yaxshi ko‘rinadi. Yozuv ortida esa yorug‘lik taratib turuvchi metall konstruksiya — shaharning diqqatga sazovor joylari siluetlari o‘rnatiladi.