Qirg‘iziston Respublikasining Cho‘lpon-Ota shahrida bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon ko‘chmanchi xalqlar o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar ilk bor ishtirok etmoqda. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

O‘yinlarning alish kurashi (Qirg‘iziston kurashi) turi bo‘yicha erkaklar o‘rtasida Mardonbek Kimsanov (60 kg), Husniddin Ro‘ziyev (70 kg) oltin, Kamoliddin Mahkamov (80 kg), Zaylobiddin Ortiqov (90 kg) va Obidali Mavlonov (100 kg) musobaqaning kumush medalini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan bahslarda Maftuna Mahmudova (60 kg), Dilafruz Mamajonova (70 kg), Bekzoda Xudayberdiyeva (75 kg) bronza medalga sazovor bo‘ldi.

O‘yinlarning birinchi kunida armrestling va alish kurashi (Qirg‘iziston kurashi) bo‘yicha bahslarda jami 18 nafar o‘zbekistonlik sportchi ishtirok etib, 11 ta medal (2 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza) qo‘lga kiritildi.

Bugun O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari qozoq kurashi, pahlavani (Eron kurashi), goresh (Turkmaniston kurashi), lochin ovi va tayganlar yugurishi turlari bo‘yicha bahslarga kirishadi.