Fransiya rahbari O‘zbekiston prezidenti va xalqini mamlakat mustaqilligining 27 yilligi bilan tabrikladi va davlatning rivojlanishini hamda barqaror bo‘lishini tiladi, deyiladi O‘zbekistonning Parijdagi elchixonasi bergan xabarda.

Emmanuel Makron o‘zbek-fransuz aloqalarining holatini va rivojlanish istiqbollarini yaxshi baholadi hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga bo‘lgan harakat va qiziqish uchun prezident Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi.

Shuningdek Makron O‘zbekiston prezidentining oktyabr oyidagi Parijga rasmiy tashrifi nafaqat ikki tomonlama aloqalarni yanada kuchaytirish va kengaytirishi imkoniyatini berishi, balki xalqaro va mintaqaviy mavzularda fikr almashish imkonini ham berishini ta’kidladi.

Fransiya pprezidenti elchi Sardor Rustamboyevga ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash yo‘lida samarali ishlashini tiladi.