Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida Osiyo o‘yinlari yakuniga yetib bormoqda. Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Osiyo o‘yinlarida 5 ta oltin, 2 ta kumush medali sohibi bo‘ldi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Hasanboy Do‘smatov hindistonlik raqibiga mag‘lub bo‘ldi va Osiyo o‘yinlarining kumush medali sohibiga aylandi.

Jasurbek Latipov finalda filippinlik Rogen Ladonga qarshi jang qildi. Bellashuvning ikkinchi raundida filippinlik bokschining jarohati sabab hakamlar jangni to‘xtatishdi. Latipov ochkolar hisobiga ko‘ra Osiyo o‘yinlari g‘olibiga aylandi.

Miraziz Mirzaxalilov finalda Shimoliy Koreya vakili Xyo Nam Jga qarshi jang qildi va oltin medal sohibiga aylandi.

Shunqor Abdurasulov hal qiluvchi jangda mo‘g‘ulistonlik Tsendbaatar Yerdenebatga qarshi ringga chiqdi va kumush medalga ega chiqdi.

Bokschimiz Iqboljon Xoldorov finalda mo‘g‘ulistonlik Chinzorig Baatarsuxga qarshi jang o‘tkazdi va g‘alaba qozondi.

Bobousmon Boturov finalda Qozog‘iston terma jamoasi a’zosi Alimbek Shimbergenovga qarshi jang qildi va ishonchli g‘alabaga erishdi.

Isroil Madrimov finalda qozog‘istonlik Abilxan Amanqulga qarshi jang o‘tkazdi va g‘alaba qozondi.