Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida Osiyo o‘yinlari yakuniga yetib bormoqda. Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Osiyo o‘yinlarida yana 4 ta medal sohibi bo‘ldi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Baydarka va kanoeda eshkak eshish. 200 metr masofaga o‘tkazilgan bahslarda Dilnoza Rahmatova marraga uchinchi bo‘lib yetib bordi va bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Baydarka va kanoeda eshkak eshish. 200 metr masofaga o‘tkazilgan bahslarda Artur Guliyev va Elyorjon Mamadaliyev kumush medalga ega chiqishdi.

Baydarka va kanoeda eshkak eshish. Shubina/Borzova tandemi 500 metr masofaga o‘tkazilgan bahslarda kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Eshkak eshish. Kazanseva, Borzova, Shubina, Kochneva to‘rtligi 500 metr masofaga o‘tkazilgan bahslarda marraga uchinchi bo‘lib yetib bordi va bronza medaliga sazovor bo‘ldi.